среда, 8 апреля 2015 г.

Davlat ramzlari

Davlat Madhiyasi
                                                         Davlat madhiyasi
        O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi 1992 yil
        10 dekabrda qabul qilingan.O`zbekiston Respublikasining
        Davlat madhiyasi-davlat mustaqilligining ramzlaridan biridir.
        Davlat madhiyasi musiqasini kompozitor Mutavakkil Burhonov,
        so`zini shoir Abdulla Oripov yozgan.
Serquyosh hur o`lkam, elga baxt, najot,
Sen o`zing do`stlarga yo`ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu-fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Naqorat:
Oltin bu vodiylar - jon O`zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug` xalq qudrati jo`sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag`ri keng o`zbekning o`chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo`r qanot!
Istiqlol mash'ali, tinchlik posboni,

Haqsevar, ona yurt, mangu bo`l obod!
Naqorat:
Oltin bu vodiylar - jon O`zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug` xalq qudrati jo`sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
                                                         Davlat gerbi
   O`zbekiston Respublikasining davlat gerbi 1992 yil 2 iyulda
qabul qilingan.Davlat gerbi - davlat mustaqilligining
 ramzlaridan biridir.

        Davlat gerbi dumaloq ko`rinishga ega bo`lib, bu shaklning
so`l tomoni rizq-ro`zimiz timsoli - bug`doy boshoqlaridan,
o`ng tomoni esa o`zbekning dong`ini dunyoga taratgan 
bebaho boyligimiz - chanoqlari ochilgan g`o`za shoxlaridan
iborat chambarga o`ralgan,uzoqdagi tog`lar va daryolar manzarasida
 gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib 
turadi, ayni paytda bu O`zbekistonning serquyosh mamlakat ekanligini
 ham bildiradi. Gerbning yuqori qismida esa O`zbekiston ozodligining
ramzi sifatida sakkizburchak yulduz, uning ichki 
qismida yarimoy va yulduz, markazida - baxt va erksevarlik
ramzi - qanotlarini yozgan Xumo qushi tasvirlangan. Gerbning
pastki qismida O`zbekiston Respublikasi davlat bayrog`ini 
ifoda etuvchi chambar tasmasiga “O`zbekiston” deb yozib qo`yilgan.

                                                             Davlat bayrog'i
 O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog’i O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o’tkazilgan 
VII sessiyasida 1991 yil 18 noyabr kuni tasdiqlangan.
        Davlat bayrog’i va uning ramzi bugungi O’zbekiston sarhadida
 qadimda mavjud bo’lgan davlatlar bilan tarixan bog’liqligini anglatadi 
hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o’zida mujassamlashtiradi.
        Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va
 obihayot ramzidir. Timsollar tilida bu — yaxshilikni, donishmandlikni,
 halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir 
Temur davlati bayrog’ining rangi ham moviy rangda edi.
        Bayroqdagi oq rang — muqaddas tinchlik ramzi bo’lib, u kun
 charog’onligi va koinot yoritqichlari bilan uyg’unlashib ketadi. Oq rang
 poklik, beg’uborlik, soflikni, orzu va xayollar tozaligi, ichki
 go’zallikka intilishning timsolidir.
        Yashil rang — tabiatning yangilanish ramzi. 
U ko’pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.
        Qizil chiziqlar vujudimizda jo’shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlaridir.
 Navqiron yarimoy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog’liq.
 Ayni paytda qo’lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzidir.
        Yulduzlar barcha xalqlar uchun ruhoniy, ilohiy timsol sanalgan.
        O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’idagi 12ta yulduz tasviri
 ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi quyosh yilnomamizga bevosita 
aloqadordir. Bizning o’n ikki yulduzga bo’lgan e’tiborimiz o’zbekiston
 sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida «nujum ilmi» taraqqiy 
etganligi bilan ham izohlanadi. Davlat bayrog’imizdagi o’n ikki 
yulduz tasvirini o’zbek xalqi madaniyati qadimiyligi, uning komillikka,
 o’z tuprog’ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.

Комментариев нет:

Отправить комментарий