Chirchiq — Toshkent viloyatidagi shahar. Chirchiq daryosining oʻng
sohilida, Qorjontovning yon bagʻrida, 730 m balandlikda, Toshkentdan 30 km
shim.sharqda joylashgan. Toshkent Chorvoq temir yoʻldagi stansiya va avtomobil yoʻllari chorrahasi. Aholisi 140,1 ming kishi (2004). Ch. 1932 y.da
daryo boʻyidagi Qirgʻizquloq, Qipchoq, Niyozbek qishloqlari oʻrnida yirik
elektrkimyo kti qurilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Yangi sanoat
korxonalari qurilishi bilan aholi soni ham tez oʻsdi (1939 y. — 15 ming kishi,
1959 y. — 65 ming kishi, 1970 y. — 107,4 ming kishi). 30 — 40-y. larda
Industrial texnikumi binosi, 50-y.larda elektrkimyo korxonasining Madaniyat
saroyi va boshqa jamoat binolari qurildi. 1966—67 y.lardan koʻp qavatli yirik
panelli binolar qad koʻtardi. 2-jahon urushida halok boʻlgan Chirchiqliklar
xotirasiga oʻrnatilgan yodgorlik, madaniyat va istirohat bogʻlari, xiyobonlar,
maktablar, poliklinika, kasalxona va boshqalar bunyod etildi. Shahar yonida
aholining dam olish joylari mavjud. Shaharda "Chirchiqqishloqmash",
"Transformator", "Oʻzbekkimyomash",
"Elektrkimyosanoat" (mineral oʻgʻitlar), qattiq qotishmalar va oʻtga
chidamli metallar kabi korxonalar ishlab turibdi. 26 ta qoʻshma korxona (shu
jumladan, "Kibo", "Chirkom",
"Uzmetalltexnolodji", "Bursel—Tashkent—Tekstil"), 850 dan
ziyod kichik korxona faoliyat koʻrsatadi. Qurilish materiallari, temirbeton
konstruksiyalari ishlab chiqariladi. Gʻisht, asfaltbeton zavodlari, goʻsht, non
korxonalari, poyabzal va tikuvchilik firmalari mavjud.
Chirchiq oliy tank komandirmuhandislik bilim yurti, 25 umumiy taʼlim
maktabi, 7 oʻrta maxsus bilim yurti, 12 kutubxona, 3 madaniyat muassasasi,
muzey, madaniyat va istirohat bogʻi bor. Kasalxona (500 oʻrin), poliklinika, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalar ishlab
turibdi. Chirchiqdan Toshkent shahriga avtobuslar qatnaydi. "Chirchiq
tongi" gaz. (1932 y.dan nashr etiladi, adadi 760), "Chirchiq"
(1932 y.dan nashr etiladi, adadi 800) gaz.lari chiqariladi.
Chirchiq shahri Toshkent viloyatidagi katta shaharlardan biri.Aholisi 1991 yilga qaraganda
159,400 kishini tashkil qiladi. Chirchiq shahrini teletoriyasi 3 qisimga
boʻlinadi, Ular Yuqori chirchiq,Oʻrta chirchiq hamda quy Chirchiq deb ataladi.
connectify hotspot crack
ОтветитьУдалитьreset transmac trial
winiso 6.4.1 registration code
Assalom alekum 2022-2023-o'quv yili uchun qabul qachon boshlanadi
ОтветитьУдалить