Dars ishlanmalari

                           


Chirchiq shahar
21-umumiy  o`rta  ta’lim maktab
boshlang`ich sinf  o`qituvchisi
Yu.Q.Yusupova ning
4-sinf  matematika  fanidan
ochiq  darsi  ishlanmasi











                       Matematika  4-sinf
Mavzu: 781-785  misol-masalalar.Bo`lish   mavzusini  mustahkamlash. 
Maqsad: Ta’limiy  maqsad:  bo`lish  haqida  bilimini  mustahkamlash.  Bo`lishga  doir  misol  va masalalar  yechish.  Mulohaza  haqida  tushuncha  berish.
Tarbiyaviy  maqsad:   matematikani  sevishga  o`rgatish.
Rivojlantiruvchi  maqsad: bo`lish  haqidagi  bilim-ko`nikma  va  malakalarini  rivojlantirish.
Usuli:  Aralash
Turi:  Yangi  bilim  beruvchi  dars
Jihozi:  Darslik,  ko`zgazma,  rasm,  tarqatma  materiallar,  slaydlar.
Darsning  borishi:
1.Tashkiliy  qism.  (Sinf  xona  va  bolalarning  darsga  tayyorgarligini  nazorat  qilaman)
2. O`tgan  darsni  so`rash  va  mustahkamlash.
Uyga  vazifani  so`rayman.  738-masala  780-ifodalarning  javoblarini  o`quvchilardan  so`rab  nazorat  qilaman.  Savollar  bilan  o`tgan  darsni  mustahkamlayman.
1)Bo`lish  nima?     (O`quvchilardan    so`rayman  )
2)Amallar  tartibi  qanday  bajariladi?
3.Yangi  darsning  bayoni.
781-misol  og`zaki.  Yechilish  usulini  tushuntiraman.
42320 :46                  21708   27            190228   38
414       920               216        804          190          5006
     92                               10                              2
     92                                0                                0
       0                               108                             22
       0                                108                              0
       0                                     0                           228
                                                                            228
                                                                                 0
2)Xuddu  shu hisoblashlar  nisbatan  qanday  qisqa yozilganini  ko`rib chiqing:
42320   46                          21708  27                                  190228  38
414         920                      216       804                                190         5006
     92                                        108                                               228
      92                                        108                                              228
        0                                             0                                                   0
782-misol
Bu  misolni yechishdan   oldin   o`quvchilarni  3-guruhga  bo`lib  olaman.Bunda   har  guruhdan
Bittadan  bola  chiqarib,  o`z  guruhining  daraxtiga olma  osib  , rag`batlantirilib  boriladi.
   1-guruh                                                   2-guruh                             3-guruh
39520  52                                         30668  34                                   164807 29
364       760                                      306       902                                 145        5683
   312                                                        68                                             198
   312                                                         68                                            174
        0                                                           0                                               240
                                                                                                                       232
                                                                                                                            87
                                                                                                                            87
                                                                                                                               0
Topshiriqdagi  3-chi  misolni   qaysi guruh  a’zosi  birinchi yechib  ulgursa , o’sha guruh  a’zosi  yechadi.          9483  29
                         87      327
Guruh  a’zolarining  mehnatlari  olma  bilan  rag`batlantirilib  boriladi.Bu  topshiriq o’quvchilardan to`liq tushuntirib  berilishi talab  qilinadi. 
783- masala  og`zaki   yechiladi.
Velosipedchi bir soat 14 km soat  tezlik bilan, ikki  soat 15 km soat tezlik bilan   va  yana bir  soat 12 km  soat tezlik  bilan  yurdi.
Masalaning  shartlaridan foydalanib ,quyidagi ifodalar nimani bildirishini  tushuntiring:
1.        1+2+1  (jami  vaqt  yig`indisi)
2.      14+15x2+12    (jami  Masofa)
3.      (14+15x2+12):(1+2+1)     (o`rtacha tezlik)
Masalaning sharti  o`quvchilardga  o`qitiladi  va tushuntiriladi. Qaysi  guruh a’zosi yechimining    javobini  topsa , daraxtiga  olma bilan rag`batlantiriladi.
784-masala.Masalaning  sharti  o`quvchilarga o`qitilib  ,tushuntiriladi  va yechimini  qaysi guruh  a’zosi  to`g`ri  va aniq  yechishiga qarab  rag`batlantiriladi.
Yechimi. 5184:24=216ta fevral   oyidagi
                 6426:27=238 ta mart  oyidagi
                 238-216=20  ta ko`p
Javob:  20  ta ko`p poyabzal  mart oyida chiqargan.
785 - topshiriq  .Mulohazalar bilan tanishamiz. Bu yerda  ko`rgazmali rasmdan  foydalanaman.
Tulkichaning  mulohazasi  to`grimi  yoki  noto`g`rimi? (noto`g`ri)
Har qaysi mulohaza to`g`rimi yoki noto`g`rimi?   (noto`g`ri)
Toshkent-  O`zbekistonning  poytaxti. (  To`g`ri)
Fevral  30-kundan iborat.   (noto`g`ri)
11- eng kichik  ikki  xonali son  (noto`g`ri)
1-eng kichik son emas. (noto`g`ri)
5>3     (To`g`ri)
5x8=40  ekani noto`g`ri. (To`g`ri)
9+6=15 ekani noto`g`ri (  to`g`ri)
Mulohaza mavzusini  tushuntiraman.To`g`ri yoki noto`g`ri ekanligi   haqida aytish mumkin bo`lgan darak  gap mulohaza deyiladi.Istalgan boshqa gap mulohaza bo`lmaydi.
Mavzudan kelib chiqib,  guruh a’zolari o`rtasida zig-zak  o`yinini  tashkil qilaman.Misollar kartochkalarda  uchala  qatorga  alohida  beriladi.
1-qator                                            2-qator                                              3-qator
1.9-soni  4-sonidan  5 ta birlik  ko`p.         1.8-soni 3- sonidan 4-ta birlik ko`p.                     1.7-soni  2-sonidan 4-ta birlik ko`p.
2.30x3=90                                                      2.23x2=56                                                                2.41x1=41
3. 3.soat=150m                                              3.3km=3000m                                                         3.24-soat =3sutka
88:2=33                                                           4.72:8=8                                                                    4.48:2=25
To`rtburchaknining bo`yi 6 sm                    5.to`rtburchakning bo`yi 8 sm ,eni 4 sm             5.to`rtburchakning bo`yi 3 sm eni 4sm
                                                                               Yuzi ?   Y= 36 sm kv.                                          P=?    P=24 sm.kv
Eni 5sm perimetrini toping.                      
P=22sm  kv      
Oyin sharti tushuntiriladi.   O`quvchilar javoblarni tekshirib    o`z chizmalarini yozuv taxtasiga   chizadilar. Mashg`ulot yakunlangach  chizmani    o`qituvchi yozuv  taxtasiga osib o`z chizmalarini  tekshirib ko`rishlarini aytadi  va navbatdagi  rag`batlantirishini  iladi.
Dam  olish  daqiqasi  o`tkaziladi.      O`quvchilar ingliz tilida she’r  aytib  mashq  qiladi.
4.Yangi mavzuni  mustahkamlash.
Aqliy  hujum  o`tkaziladi.     Tezkor  savollar.
                             1-guruh                                       
1.Noma’lum  qo`shiluvchini  topish   uchun   nima  qilinadi?
2.Agar  vaqt , masofa ma’lum  bo`lsa,tezlik qanday  topiladi?
3.3 xonali  sonni 2 xonali songako`paytirish  uchun nima qilinadi?
4.Agar qo`shiluvchilardan  biri  0 bo`lsa,  yig`indi  nimaga   teng bo`ladi.
5.Ko`pburchakning    tomonlarining   yig`indisi   nima deyiladi?
                                 2-guruh
1.Noma’lum   bo`linuvchini   topish  uchun  nima  bo`linadi?
2.Qanday  burchak  yoyiq  burchak  deyiladi?
3.Agar  tezlik,  masofa   aniq  bo`lsa,  vaqt  qanday  topiladi?
4.Agar  misolda  amallar  aralash  holda  berilsa  amal  qanday  bajariladi?
5.Agar  kamayuvchi  va  ayriluvchi  bir-biriga  teng  bo`lsa,  ayirma  nimaga  teng  bo`ladi?
                                 3-guruh
1.Noma’lum  ko`paytuvchini  qanday  topiladi?
2.Agar  harakatning  tezligi,  vaqti  ma’lum  bo`lsa  masofa  qanday  topiladi?
3.Aylananing  diametri  nima  deb  ataladi?
4.Qanday  o`lchov  birligi bor?
5.Ko`paytirish  nima?

Uchala  guruhning  tezkor  savollariga  javobi  tahlil  qilinadi  va  rag`batlantiriladi.
Dars  yakunida  guruhlarning  yig`gan  olmalari  soni  hisobga  olinadi  va  g`olib  guruh  aniqlanadi.
5.Baholash.  Dars  davomida  yaxshi  qatnashgan  o`quvchilar  baholanadi  va  izohlanadi.
6.Uyga  vazifa.  786 - 787-misollar.

   

FIZIKA fanidan dars ishlanmalari
9-sinf

Mavzu: TRANSFORMATORNING TUZILISHI VA ISHLASHI

Mavzu
Transformatorning tuzilishi va ishlashi
Maqsad
O‘quvchilarga transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipi  haqida bilimlar berish.
Vazifalar
Oquvchilarga transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipi 
 haqida bilimlar berish va  ularni  o‘zgaruvchan induksion
 tokni hosil qilishdagi o`rni   muhimligini tushuntirish.
O‘zgaruvchan tokning kuchlanishini o‘zgartirish mumkinligi va undan sanoatda, texnikada foydalanishni tushuntirish orqali fanga qiziqtirish.
Oquv jarayonining mazmuni
O‘quvchilarga transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipini  
slayd namoyish qilish  orqali tushuntirish. Undan sanoatda, texnikada foydalanishni tushuntirish orqali fanga qiziqtirish.
Oquv jarayonining amalga oshirish texnologiyasi
Metod: Faol ma’ruza, guruhlar bilan ishlash
Vosita: Tarqatma savollar, transformator, voltmetr, ulovchi simlar,  kompyuter texnikasi, dioproektor, doska, bo‘r.
Nazorat: Og‘zaki nazorat, oquvchilarni  baholash.
Baholash. 5 ballik tizim asosida. 
Kutilayotgan natijalar
O‘qituvchi;
Oquvchilarga transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipi  
haqida bilimlar berish,  hamda sanoatda, texnikadagi  ahamiyatini tushuntirishda interfaol metodlardan foydalanish orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, faolligi,  darsga, fanga nisbatan qiziqishini orttiradi.
O‘quvchi.
Yangi bilimlarni egallaydi. Olgan bilimini amaliyotga qo‘llashni organadi.  
Kelgusi rejalar
Oqituvchi:
O‘quvchilarni fizika faniga qiziqtirish yo‘llari va pedagogik texnologiyalarni darsda tadbiq etish uchun o‘z ustida ishlash, mavzuni fan-texnikada qo`llanilishi bilan tajribasini boyitish.
O‘quvchi:
 Transformatordan amaliyotda foydalanish, qoshimcha adabiyotlar bilan mustaqil ishlashni o`rganish. O‘z fikrini ravon bayon qila olish.
Mashgulotning borishi
Asosiy atamalar va tushunchalar:
-transformator
-ozgaruvchan tokni transformasiyalash
 -yuksaltiruvchi transformator
-pasaytiruvchi transformator
-transformatsiya koeffitsiyenti

I. Darsning tashkil etilishi: (2 minut)
a) sinfga kirishda o`quvchilar o‘qituvchi tayyorlagan emblemalarini oladilar va borib o‘tiradilar.
b)  salomlashish, davomatni aniqlash;
c) o‘quvchilarni darsga hozirligini ko‘rib chiqish.
Darsning blok-chizmasi


Dars bosqichlari
Vaqti
1.
Tashkiliy qism
2 minut
2.
Uy vazifasini sorash
6 minut
3.
Yangi mavzu bayoni (kichik ma’ruza)
16 minut
5.
Yangi mavzu boyicha masala yechish va test otkazish
15 minut
6.
Oquvchilarni ragbatlantirish
3 minut
7.
Uyga topshiriqlar
3 minut

II. Otilgan mavzu boyicha  so‘rash ( 6 minut)
    Oquvchilar guruhlarga bolinib olinadi.       
         1- guruh:  Amper guruhi                                                                                 2- guruh: Volt guruhi                                                                                              3- guruh:  Om  guruhi       

O‘qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan savol va topshiriqlarni guruh sardorlari  chiqib tanlab oladilar.
1-guruhga “Induksion tokning yonalishini  tushuntiring”
2-guruhga “Ozgaruvchan tok va uning grafigini qanday hosil qilish mumkin.
3-guruhga “Induksion tok feneratorining tuzilishi va  ishlash prinsipini tushuntiring”.
Guruhlar taqdimoti

 III. Yangi mavzu bayoni (16 minut).
Reja:
1.Transformatorning tuzilishi va ishlashi.
2. Yuksaltiruvchi transformator .
3. Pasaytiruvchi transformator.
4. Transformatorda energiyaning aylanishi.
5. Transformatsiya koeffitsiyenti.

O‘qituvchi tomonidan kompyuter orqali dioproektorda o‘quvchilarga transformatorning tuzilishi va ishlashi  ekranda ko‘rsatiladi va transformatorga ta’rif beriladi.
O‘zgaruvchan tokning chastotasini o‘zgartirmasdan kuchlanishni bir qiymatdan ikkinchi qiymatga  o‘zgartirib beruvchi asboblar transformatorlar deyiladi.
Generatorlarda hosil qilingan kuchlanish ularning quvvatiga qarab turlicha bo‘ladi. Bundan tashqari uzoq masofalarga elektr energiyasini uzatishda simlarning qizishi tufayli isroflar bo‘ladi. Bunday hollarda o‘zgaruvchan tokning kuchlanishini bir qiymatdan ikkinchi qiymatga o‘zgartish zaruriyati tug‘iladi. Bu vazifani transformator deb ataluvchi elektr mashinasi bajaradi.
Transformator ikkita chulg‘am va o‘zakdan iborat. Kuchlanishni ko‘paytirib beruvchi transformatorni yuksaltiruvchi transformator, kamaytirib beruvchi pasaytiruvchi transformator deyiladi.
Yuksaltiruvchi transformatorda birlamchi chulg’am yo`g`on simdan kam o‘ramli qilib yasaladi.  Ikkilamchi chulg’am nisbatan ingichka simdan ko‘p o‘ramli qilib yasaladi.
Yuksaltiruvchi transformatorda n2>n1 va U2>U1  bo`ldi. Pasaytiruvchi transformatorda  n2<n1 va U2<U1  bo‘ldi.
Transformatorda energiyaning aylanishi. Transformator birlamchi chulg‘amidagi ma’lum kuchlanishli elektr energiyani ikkilamchi chulg‘amdagi boshqa kuchlanishli elektr energiyaga aylantiradi.
Transformatorning  ikkilamchi chulg‘amida kuchlanish necha marta ortsa tok kuchi shuncha marta kamayadi.
        
U-  Birlamchi oramdagi kuchlanish.      
I-  Birlamchi oramdagi tok kuchi
U- Ikkilamchi oramdagi kuchlanish
I- Ikkilamchi oramdagi tok kuchi
         Transformasiya koeffisiyentini quyidagi formula bilan aniqlanadi.
k=  yoki                 k=      
                                                                                                                              bu yerda    birlamchi va ikkilamchi galtakdagi oramlar soni                                                                                                                                            Transformatorning foydali ish koeffisiyenti { FIK}                                                                                                                                                                                                                                                                             
Takomillashgan transformatorlarning FIK juda yuqori bo‘lib, 99% tashkil etadi.
                                                       
IV. Mustahkamlash: (15 minut)
Masalani yechish.
Birlamchi chulg‘amda 300 ta o‘ram bor. Agar transformatorning transformatsiya koeffitsiyenti 15 ga teng bo‘lsa, yuksaltiruvchi transformatorning ikkilamchi chulg‘amida nechta o‘ram bo‘ladi?                              
Berilgan               Formula                        Yechish                                                                          300.15=4500 
                                                                                                                                                                                                                                                          
O‘qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan ijodiy test savollari kadoskop orqali  slaydda ko‘rsatiladi. O‘quvchilar testni o‘qib, daftarlariga javobini belgilaydilar.

1.     “Transformator- ...asbob” . Gapni davom ettiring.
A) o‘zgarmas tokning kuchlanishini o‘zgartiruvchi
B) o‘zgaruvchan       tokning kuchlanishini o‘zgartiruvchi
C) o‘zgaruvchan tokni to‘g‘rilovchi
D) o‘zgaruvchan tok chastotasini o‘zgartiruvchi
2. Transformatorning ozagi nima sababdan alohida listlardan yig‘iladi
A) mustahkamligini oshirish uchun
B) magnit kuch chiziqlarni to‘plash uchun
C) magnit maydonini kuchaytirish uchun
D) isroflarni kamaytirish uchun
3. k<1 bolganda ... transformator deyiladi.
A) pasaytiruvchi                B) yuksaltiruvchi
C) chulg‘amli                    D) tok hosil qiluvchi     

O‘quvchilar testning javobini topib bo‘lgandan so‘ng, o‘qituvchi tomonidan testning javobi ekranda ko‘rsatiladi. Oquvchilar bir-birlarining testini almashtiradi va tekshiradi. Oqituvchi test savollari orqali hamma oquvchilarga reyting ball qoyadi.

V. O‘quvchilarni ragbatlantirish va baholash (3 daqiqa)
     Dars yakunida o‘quvchilar to‘plagan ballariga qarab rag‘batlantiriladi.

VI. Uyga topshiriq: ( 3 minut)
Mavzuni o‘qib kelish va savollariga javob yozib kelish.
Transformator (ishdan chiqqan) olib, uning chulg‘amidagi simlarni yeching va chulg‘amlardagi o‘ramlar sonini sanang. Transformatorning tuzilishini ko‘zdan kechirib, xulosalaringizni daftarga yozing. 





Biologiya fanidan dars ishlanmalari
      
MAVZU:” QUSHLARNING  TASHQI  TUZILISHI  VA  PAT  QOPLAMI”
                          

O’QUV-USLUBIY  TO’PLAM  TARKIBI:
MAVZU: “QUSHLARNING  TASHQI  TUZILISHI  VA  PAT  QOPLAMI”
Taqvim-mavzu  rejadan  mashg’ulot  bo’yicha  ko’chirma
1.Amaliy  mashg’ulotni  olib  boorish  rejasi.
2.Amaliy  mashg’ulotdan  tavsiyalar.
3.Maruzalar.
4.Tarqatma  dastalar.
Laboratoriya  ishini  bajarish  uchun  ko’rsatmalar
-Vaziyatli  masalalar
-Tarqatma  materiallar.
5.Asbob  va  jihozlar:
-Qushlarning  tashqi  tuzilishi  tushirilgan  rasmlar,
-Qush  tulumi,
-Qush,
-Pat  va  parlar  tushirilgan  rasmlar,
-Qush  patlari  kolleksiyasi.
6.O’quv  ko’rgazmali  qurollar:
-Mavzuga  oid qushlarning  tashqi  tuzilishi  aks  etgan  plakatlar,
-Rasmlar, rangli  kartochkalar,
-Tirik  qush.

  I.O’tilayotgan  dars  uchun  taqvim-mavzu  rejadan  ko’chirma.
Dars,bo’lim,mavzu soni
Mavzu  nomi  va  mavzuning  axborot  mazmuni
Dars  vaqti
Dars  turi
48
“Qushlarning  tashqi  tuzilishi  va  pat  qoplami”
1
Soat
Amaliy  dars

II.AMALIY  MASHG’ULOTNI  OLIB  BORISH  REJASI
Mavzu  nomi; “Qushlarning  tashqi  tuzilishi  va  pat  qoplami”
1.Mashg’ulot  turi: amaliy
2.Mashg’ulot  vaqti: 45-daqiqa
3.Mashg’ulot  tipi: aralash  dars
4.O’qitish  uslubi: “Aqliy  hujum”,”klaster”,”Pinbort”,”kichik  guruhlar “ga  bo’lib o’tish  usullari.
5.Darsda  qo’llaniladigan  nazorat  turlari: og’zaki,yozma.
6.Mashg’ulot  maqsadlari:
O’quv  maqsadi:Qushlarning  tashqi  tuzilishi  haqida  o’quvchilarga  ma’lumot  berish.Qushlarning  pat  qoplami,par  va  patlarining  o’xshashlik  va  farqli  tomonlarini  tushuntirish.
          Tarbiyaviy  maqsadi:O’quvchilarni  tabiatga  nisbatan  mehrli  bo’lishni,uni  asrab  avaylashni  o’rgatish. O’quvchilarga  ekologik,estetik  tarbiya  berish.
Rivojlantiruvchi  maqsadi:O’quvchilarning  qushlarning  tashqi  tuzilishi  haqidagi  bilimlarini  oshirish, tabiiy             obyektlar  bilan  ishlash,taqqoslash va  darslik  ustida  mustaqil  ishlash  ko’nikmalarini  rivojlantirish.
7.Darsni  o’tkazish  joyi:------
8.Mashg’ulotning  didaktik  asosi:
Fanlararo  integratsiya:Amaliy  geografiya,Fizika,Ingliz tili,Adabiyot
Fan ichi  integratsiyasi:Ekologiya,Evolutsion  ta’limot, Paleontologiya.
9.Shu  mavzu  bo’yicha  kerakli  bilimlar  doirasi:
O’quvchi  bilishi  lozim:
. Qushlar  gavdasi  qanday  tuzilganligi.
.Kontur patlarining  tuzilishi.
. Momiq  patlar  va  parlarning  tuzilishi.
.Parlarning  qushlar  hayotidagi  o’rni.
.Dumg’aza  bezlarining  vazifasi

      O’quvchilar  bilishi  lozim:
.Tajribada  berilgan  topshiriqni  bajarish
.Tirik  obyektlarni  o’rganish
. Jadvalni to’ldirish
.rasmlarni  chizish va xulosalar  yozish.
10.Tavsiya  etiladigan  adabiyotlar:
O’qituvchi  uchun:
1.Tolipova J.O.,G’ofurov A.T Biologiya  ta’lim  texnologiyalari
(Metodik  qo’llanma),T. O’qituvchi,-2002”
2.“Biologiya”,A.Abdukarimov va  boshq. 2010.
3.”Zoologiya”-6-7-sinf  darsligi
4.”Biologiya  asoslari”  Ochil  Mavlonov, Toshkent-2012.
O’quvchilar  uchun:
1.”Qiziqarli  biologiya” J.A Azimov va  boshqalar.
2.”Zoologiya”-7-sinf darsligi
III.MASHG’ULOTNING  XRONOLOGIK  XARITASI

Mashg’ulotning o’tkazilish jarayoni
Vaqti
1.
Tashkiliy  qism
2-daqiqa
2.
O’tilgan mavzuni  mustahkamlash
5-daqiqa
3.
Yangi  mavzuni  tushuntirish
10-daqiqa
4.
Yangi  mavzuni  mustahkamlash
10-daqiqa
5.
Laboratoriya  ishini  bajarish
15-daqiqa
6.
Baholash
2-daqiqa
7.
Uyga  vazifa
1-daqiqa

Jami:
45-daqiqa

IV.USLUBIY  TAVSIYALAR
1.Tashkiliy  qism  va  ma’naviyat  daqiqasi-2 daqiqa
O’quvchilar  bilan  salomlashish,davomatni  tekshirish,doska  va  xona  tozaligiga  ahamiyat  berish,  o’quvchilarni  formasini  tekshirish,fanga  oid  yangiliklar  bilan  tanishtirish,uy  vazifasini  aniqlash.
2.Otgan  mavzuni  mustahkamlash-5 daqiqa
“Kichik  guruhlar” g abolish,”Aqliy hujum” usullari
1.”Qaldirg’ochlar” inglizcha “Swallow”
Qushlarning  skeleti haqida  ma’lumot  beradi.
2.”Burgutlar”,inglizcha “Eagle”
Qushlarning  muskullari  haqida  ma’lumot  beradi.
3.”Lochinlar”inglizcha “Falkon”
Qushlarning  skeleti  va  muskullariga  qo’shimcha  qiladi.
3.Yangi  mavzu-8 daqiqa
4.Mustahkamlash-10 daqiqa
1.”Qaldirg’ochlar”guruhiga  berilgan  savollar.(Klaster)
2.”Burgutlar” guruhiga  berilgan  savollar(Test)
3.”Lochinlar “ guruhiga  berilgan savollar(Kartochkalar)
5.Laboratoriya  ishini  bajarish-15 daqiqa
Qushlarning  yashash  muhiti,tashqi  tuzilishi,pat  qoplami  va ahamiyatini  o’rganish.
1.Qushlar  tanasi  qanday  bo’limlardan  iborat?
2.Nima  sababdan  qushlarning boshi  sudralib  yuruvchilarnikiga  nisbatan  harakatchan  bo’ladi?
3.Kaptar  tanasining  qaysi  qismida  muguz  tangachalar  bo’ladi?
4.Qushlar  pat  xillarini  ular  funksiyasi  bilan  juftlab  aytib  bering.
5.Qushlar skeletining  uchishga  moslashganligini  aytib  bering.
6.Baholash-2 daqiqa
Baholash  obyektiv  reyting  asosida  o’tadi.
7.Uyga  vazifa.
Mavzuga  oid  tayanch  tushunchalarni  yod  olis.Jadvalni  to’ldirish,xulosa  yozib,rasmlarni  chizib  kelish
V. Tayanch  konspekt
VI.Tarqatma materiallar
VII.Mavzuga  oid  rasmlar.
Tayanch  konspekt
Mavzu:”Qushlarning  tashqi  tuzilishi  va  pat  qoplami”.
Reja:
1.Qushlarning  tana bo’limlari.
2.Qushlar  va  sudralib  yuruvchilar o’rtasidagi o’xshashlik  va  farqli  tomonlar.
3.Qushlarning  pat  qoplami  haqida
4.Pat  va  parlarning  farqi
5.Xulosa.
Zuv-zuv  borar                            Loy-cho’p  cho’qir
Tomdan  qarar                           Savat  to’qir.
                                                                           (qush)
Qushlar  tanasi  pat  bilan qoplangan  issiqqonli  hayvonlardir.Ular  tanasining  harorati  tashqi  muhit  haroratiga  bog’liq  bo’lmaydi.Qushlarning  oldingi  oyoq-
Lari qanotga  aylangan.
Gavda  bo’limlari. Kaptarning  gavdasi  bosh,bo’yin,tana  va  oyoqdan  iborat.
Uncha  katta  bo’lmagan  yumaloq  boshi  harakatchan  bo’yni  orqali  tanaga tutashgan.Kaptar  bo’ynini burib  oziqni  cho’qishi;tumshug’I  bilan  qorni,qanotlari,orqasi va dumidagi patlarini  tozalashi  mumkin.Qushlar  uchayotganida yoyilgan  qanotlar ko’tarish  yuzasini  hosil qiladi.Qushlar oyoqlarining pastki qismi-iligi va barmoqlari muguz tangachali dag’al teri bilan qoplangan.Kaptar faqat oyog’iga tayanib yerda yuradi.
 






Tana qoplagichi.Qushlar terisi pat bilan qoplangan.Patlar tuzilishiga ko’ra kontur patlar va parlarga bo’linadi.Kontur patlar vazifasiga binoan kontur qoplag’ich(tana yuzasidagi patlar),qoqish(qanotlar),boshqarish(dum),momiq patlarga ajratiladi.Pat  ingichka va qattiq o’zakdan hamda uning ikki tomonida joylashgan keng va yumshoq yelpig’ichdan iborat.Pat yelpig’ichi o’zakdan chiqib,ketma-ket ikki marta shoxlanadigan muguz osiqchalarning qalin to’ridan hosil bo’ladi. Pat o’qining pastki yelpig’ichsiz uchi teridagi pat xaltasiga kirib turadi.Pat o’zagidan chiqadigan 1-tartib o’siqchalar o’zaro parallel joylashgan.Har bir o’siqchaning ikki yonida yanada ingichkaroq 2-tartib o’siqchalar joylashgan.Bir-birining ustiga tushib turadigan yondosh o’siqchalar juda mayda ilgakchalar yordamida qo’shilib ketgan.



Patlar yengil,egiluvchan va deyarli havo o’tkazmaydigan bo’ladi.Qushlar uchganida qanot va dumdagi qoqish va boshqarish patlari bir-birining ustiga cherepitsa singari tushib,ko’tarish yuzasini hosil qiladi.
 







Qoplag’ich patlar ostida momiq patlar joylashgan.Momiq patlarning yelpig’ichi yumshoq va g’ovak bo’ladi;2-tartib o’siqchalari bo’lmaydi.Bundan tashqari suv qushlarida parlar ham bo’ladi.Parlarning o’zagi juda kalta,o’siqchalari uning uchida mo’yqalam singari joylashgan.Parlar tanadagi issiqlikni yaxshi saqlaydi.
Qushlar tullaganida ularning eski patlari to’kilib,o’rniga yangi patlar hosil bo’ladi.
Qushlar terisida bezlar rivojlanmagan;faqat suv qushlarining dumi asosida dumg’aza bezi bo’ladi.Qush tumshug’I bilan bu bezdan yog’simon suyuqlikni siqib chiqarib,patlariga surkab turadi.
ATAMALAR  LUG’ATI
Zoologiya-yunoncha  zoo-hayvon,logos-fan.Hayvonlar to’g’risidagi fan.
Paleontologiya-yunoncha palayos-qadimgi,ontos-mavjud,logos-tushuncha.Qazilma holdagi organizmlarni o’rganuvchi fan.
Arxeopteriks-qushlarning qadimgi ajdodi.
Test    I-variant
1.Qushlar gavdasi qanday qismlardan iborat?
a).bosh,bo’yin,tana,oyoq
b).bosh,bo’yin,gavda,bel,dum
s)bosh,bo’yin,gavda,dum,oyoq
d)bosh,bo’yin,gavda,qanot,oyoq,dum

2.Kaptar oyoqlari nima bilan qoplangan?
a) teri
b) oyoqlarning pastki qismi va tirnoqli barmoqlari muguz tangachali dag’al teri bilan
s) muguz tangachalar
d) dag’al teri

3.Qushlar boshqa hayvonlardan asosan qaysi belgisi bilan farq qiladi?
a) havoda uchib yurishi bilan
b) pat va par qoplami bilan
s) issiqqonliligi bilan
d)asosiy moddalar almashinuvi bilan

4.Qushlar tanasi nima bilan qoplangan?
a)pat                                       s)teri
b)par                                       d)a,b,s

5.Qushning bosh qismida qanday organlar joylashgan?
1.ustki tumshuq                    2.ostki tumshuq               3.til
4.tishsimon muguz plastinkalari                               5.burun teshigi
6.quloq      7.bir juft murakkab ko’z                         8.bir juft oddiy ko’z
9.momiqpar
a) 1.2.4.5.6.7                         b)1.3.5.7.8.9.               s)2.4.6.8.9
d)1.2.3.5.6.8.9.

Test  II-variant
1.Qush parlarini patlardan farqini  ifodalovchi javobni belgilang?
a)parlarning yelpig’ichi yumshoq va g’ovak bo’ladi
b) parlarda o’zak bo’lmaydi
s) parlarda 2-tartib o’siqchalar bo’lmaydi
d)avas

2.Qushlar hayotida parlar qanday o’rin tutadi?
a)uchish yuzasini oshiradi
b)uchishni yengillatadi
s) tana haroratini bir xilda saqlaydi
d) terini qurib qolishdan saqlaydi

3.Qushlar tanasidagi qaysi bez rivojlangan?
a) ter bezlari
b)yung bezlari
s) pat va par bezlari
d) quymich bezlari

4.Quymich bezining qushlar hayotida tutgan o’rni nimadan iborat?
a)dum qismidagi par va patlarga zapas oziq bo’ladi
b) ahamiyati yo’q
s) organizm uchun zapas oziq manbai
d) par va patlarni moylash uchun

5.Qushlar oyoqlaridagi mayda tangachalar plastinkalar ko’rinishidagi muguzlangan teri nimani anglatadi?
a) moslanuvchanlikning bir turi
b) Qushlarning sudralib yuruvchilarga qon –qarindoshligi
s) bularning qadimiy ajdodlari issiq va sernam yerda yashab o’tganligi
d) to’g’ri javob berilmagan.

Qushlarning tashqi tuzilishi va pat qoplami
                                                        
Test javoblari      I-variant
1
2
3
4
5
A
B
A
D
d



II-variant
1
2
3
4
5
D
S
D
D
b



Qushlarning tashqi tuzilishi











“Klaster” usuli
Muammoli savollar:

1. Qushlar havoda uchishga qanday moslashgan?

2. Qushlar qaysi organizmlardan kelib chiqqan?

Комментариев нет:

Отправить комментарий