понедельник, 9 февраля 2015 г.

INFORMATIKA fanidan dars ishlanma

O‘zbekiston  Respublikasi
Xalq  Ta’limi  Vazirligi
  
 Toshkent viloyati Chirchiq shahar
XTMFMT VA TEB bo`limi tasarrufidagi
21-umumta`lim maktabi “INFORMATIKA”
Fani o`qituvchisi
Laziz Nekovich Asadovning
“Informatika” fanidan o’tkazgan
I- soatlik ochiq

Toshkent vil.-2015 yil.


Mavzu : Paint  uskunalar paneli va undan  foydalanish.
Ta`limiy  maqsad:  Paint  dasturida geometrik shakllarni chizish va tahrir qilish uchun uskunalar panelidagi piktgram-malardan foydalanishni o`rgatishdan iborat.
Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni bir-biriga mehr-muhabbatli, oqibatli qilib tarbiya-lashdan iborat.
Rivojlantiruvchi maqsad:Dasturni  yaxshi o`rganib undan hayotda qo`llay bilishni o’rgatish, oquvchilarni ongini o`stirishdan iborat.
 Dars turi: an`anaviy, savol-javob tarzida.
 Dars  jihozi: bo`r, doska , darslik, kompyuter,ko`rgazmali qurollar.
I. Darsning borishi: Salomlashaman, navbatchi orqali davomatni aniklayman.
 Darsimiz informatika: Zamonaviy darsni o`rganmoqqa,
                                        Biz  tayyormiz saboqqa.

II.O`tilgan  mavzu bo`yicha oquvchilarni baholash uchun savollar:
1.     Paint dasturini ishga tushirish usullarini tushuntirib bering.
2.     Paint dasturida ishni tugatish usullarini tushuntirib bering
3.     Dasturning asosiy qismlarini aytib bering.
4.     Paint dasturining menyularini aytib bering.
5.     Fayl, tahrir menyusi yordamida qanday amallarni bajarish mumkin?.
6.     Ko`rinish ,  rasm menyusi qanday amallarni o`z ichiga oladi?
7.     Palitra menyusi yordamida qanday amallarni bajarish mumkin?.
III. Yangi  mavzu  bayoni:
Reja:
1.     Uskunalar  paneli nima uchun ishlatiladi?
2.     Uskunalar panelidagi uskunalarning vazifalarini aytib bering.
3.     Rasmni qanday uskuna yordamida kattalashtirib ko`rish mumkin?
4.     Koptok, uycha, olma, velosiped, avtobus, kompyuter rasmini chizing.
5.     Tabiat  manzaralarini chizing.

Avvalgi darsimizda Paint dasturi haqida mavzusi bilan tanishdik.
Agar hamma savollarga tushunarli bo’lsa Paint  uskunalar paneli va undan  foydalanish mavzusini o`rganishni boshlaymiz.
Paintda geometrik shakllarni chizish  va tahrir qilish uchun uskunalar panelidagi piktogrammalardan  foydalaniladi. Uskunalarga to’xtalib o’tamiz.
*     -Qalamcha, bu uskuna qog’oz(Paint dasturining ishchi sohasi, oq rangdagi soha)ga sihqoncha yordamida chizish imkonini beradi. Uni tanlab qog’oz ustida sichqoncha chap tugmasini bosgan holda yurgizsak, qog;oz ustida qalam izi qoladi. shu usulda ihtiyoriy yo’nalishda chizish mumkin.
Agar shichoncha chap tugmasi bosilmasa qalam chizmaydi, o’ng tugmacha bosib qalam harakatlantirilsa unda qalamcha harakatlantirilgan joydagi tasvirni o’chiradi. Lekin bular tanlangan ranglarga bog’liq. Palitra panelining chap tarafida tanlangan ranglar k’rsatilgan.
 – O’chirgich, bu uskuna yordamida tasvirni qisman o’chirish mumkin.
 – Rangpurkagich, buning yordamida tanlagan rahgni qog’ozga purkash mumkin.
 – Bo’yash, tasvirni biror chegaralangan  sohasini tanlangan rang yordamida bo’yaydi. Agar soha chegarasi yopiq(uzluksiz) bo’lmasa butun qog’ozni hammasini bo’yaydi.
 
 – Lupa(tasvirni kattalashtirgach), bu uskuna yordamida tasvirni biror qismini kattalashtirib, nozikroq qismini chizish mumkin.
 
 – Mo’yqalam, uning bir necha turlari mavjud. Ulardan ihtiyoriy birini tanlab tasvir chizish mumkin. Mo’yqalam qalamdan farqli ravishda bitta nuqta emas, balki tanlangan mo’yqalam shakliga mos ravishdagi nuqtalarni bo’yaydi. Masalan 2 raqamini “/” shakldagi mo’yqalamda, 0 raqamini “˜” shaklidagi mo’yqalam yordamida chizamiz:
        
 - Tasvirning biror to’g’rito’rtburchak shaklidagi qismini ajratish.
 – Tasvirni sichqoncha yordamida ihtiyoriy qismini ajratish. Bu uskunadan to’g’rito’rtburchak shaklida ajratish mumkin bo’lmagan hollarda foydalaniladi.
 – Tasvirga matn kiritish. Tasvirga matn kiritish zarurati tug’ilgan paytda ushbu uskunadan foydalanamiz.
Kiritiladigan matnni kattaligi, harflar uslubini tanlash mumkin.
*     – Kesma yasash
*     – Egri chiziq hosil qilish

*     –To’g’rito’rtburchak yasash            
*     – bir-biriga ulangan kesmalar yasash
*     – Aylana va ellipslar chizish             

*     – Yoysimon burchakli to’g’ri to’rtburchak hosil qilish.
Sunday qilib biz barcha uskunalar bilan tanishdik, endi shu uskunalar va ranglar yordamida tasvirlar hosil qilamiz. Koptok yasash uchun aylana chizish uskunasidan foydalanamiz. 3ta aylanani quyidagicha hosil qilib olamiz(1-rasm). Qo’sh aylananing tashqi qismini o’chiramiz(2-rasm). Endi aylana qismlarini bo’yab chiqsak kopto’k tayyor!(3-rasm)
         
           Endi mustaqil ravishda uycha, olma, velosiped, avtobus, kompyuter rasmini chizing.
Tabiat manzarasini chizib ko’ramiz. Buning uchun dastlab deyarli qog’oz kattaligida ramka (to’g’rito’rt-burchak) yasaymiz(4-rasm), keyin tahminan o’rtasidan qalam yor-damida chiziq tortamiz(5-rasm). Chiziq to’g’ri bo’lishi shart emas. Chiziqning yuqori qismiga tog’larni chizamiz(6-rasm), tog’yoniga esa qir adirlarni tasvirlaymiz(7-rasm). Eslatib o’tamiz: chiziqlar uzluksiz bo’lishi va ramka chetiga yoki boshqa chiziqlarga tutashishi kerak. Endi tog’larni kul-rang, adirni sariq, erni zangori va osmonni ko’k rangga bo’yaymiz (8-rasm). oq rangni tanlab, aylana uskunasi yordamida osmonda ellips va unga yopishgan aylanararni hosil qilamiz (9-rasm). barcha aylana va ellipslarni oq rangga bo’yab bulut shaklini yasaymiz (10-rasm). Sariq rang tanlab quyosh aylanasini hosil qilamiz va sariq rangga bo’yaymiz (11-rasm).
  
                
Ko’k rangdagi 2 ta egri chiziq yordamida tog’ etagi va ramka ostki qismini birlashtirib, ular orasini ochroq ko’k rangga bo’yaymiz. Agar ishlash davomida biror harakatingiz noto’g’ri bo’lib qo’lsa, CTRL+Z tugmasini bosib ortga qaytish mumkin.
Uyga vaziva: uskunalardan nima maqsadlarda fotydalanish va ularni qanday ishlatishni o’rganish. Turli rasmlarni hosil qilish usullarini o’rganish.


Комментариев нет:

Отправить комментарий